14/10/2026

2026- yilning  yanvar-avgust oylarida viloyatimizning sanoat mahsulotlari eksporti 105,9 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

Oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda, mahsulot eksporti 77,3 % ga koʻpaygan.

Viloyat eksportining 30,6 % ulushini tashkil etgan sanoat tovarlari eksportida salmoqli hajm  toʻqimachilik iplari, matolar va shunga oʻxshash mahsulotlar (95,1 mln dollar), noruda qazilmalardan olingan mahsulotlar (5,3 mln dollar) va qogʻoz, karton va qogʻoz xamiri, qogʻoz yoki karton mahsulotlari (4,7 mln dollar) hissasiga toʻgʻri kelgan.

 

Axborot xizmati