Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatga xorijdan import qilingan mahsulot (xizmatlar) hajmi 189, 3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan.
Viloyat importi umumiy hajmida eng yuqori ulush Tuproqqal’a tumani (40,5 %) hamda Urganch shahri (16,6 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan. Xiva (5,8 mln.), Qo‘shko‘pir (4,8 mln.) va Yangibozor tumanlarida (2,7 mln.) esa import hajmi viloyat bo‘yicha eng kam hajmga ega bo‘lgan.
Ma’lumot uchun: 2021- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatga 46 ta xorijiy davlatlardan tovar va xizmatlar importi amalga oshirilgan.
Axborot xizmati