24/07/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning   yanvar-iyun holatiga viloyatning umumiy eksport hajmi 105,2 mln. AQSh  dollarini, iyun oyida esa bu ko‘rsatkich  21,0 mln. AQSh dollarini tashkil qilgan. Hududlar bo‘yicha Shovot (9,9 marta), Tuproqqal’a (6,5 marta), Yangiariq (2,6 marta) va Urganch tumanlarida (173,1 %) eksport hajmining yuqori o‘sishi kuzatilgan.

Joriy yilning yanvar-iyun holatiga hududlarning jami eksport hajmi:

  • Shovot tumani – 15, 2 mln. AQSh dollari
  • Urganch shahri – 14, 2 mln.
  • Xonqa tumani – 11, 3 mln.,
  • Bog‘ot tumani – 10,0 mln.,
  • Hazorasp tumani – 9,9 mln.,
  • Urganch tumani – 9, 4 mln.,
  • Yangiariq tumani – 9,0 mln.,
  • Qo‘shko‘pir tumani – 5, 4 mln.,
  • Xiva tumani – 5, 1 mln,
  • Gurlan tumani – 4, 2 mln.,
  • Yangibozor tumani – 4, 1 mln.,
  • Xiva shahri – 3, 7 mln.,
  • Tuproqqal’a tumani – 2, 6 mln.

 

                                                                   Axborot xizmati