Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov Tailandning quyosh panellari ishlab chiqaruvchi Wyncoast Industrial Park kompaniyasi direktori Jak Chamikorn va B.H.I.Holding Publiv kompaniyasi direktori, O‘zbekistonning Tailanddagi faxriy konsuli Napa Chamikorn bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida viloyatda qayta tiklanuvchi muqobil energiya manbalaridan, jumladan quyosh panellaridan foydalanish istiqbollari, bu yo‘nalishda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Tailandlik ishbilarmonlar Urgtex qo‘shma korxonasi va DATA o‘quv markazi faoliyati bilan ham tanishdilar.