14/07/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-  yilning   1- iyul holatiga ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 201 tani tashkil etib, ulardan 190 tasi yoki 94,5 %  faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 35 taga yoki 22,6 % ga oshganligi kuzatilgan.

Faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning umumiy sonida eng katta ulush  Rossiya Federatsiyasi (25,3 %), Turkiya (24,2 %) hamda Turkmaniston (14,7 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

  2021-yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda 20 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilot yangi tashkil etildi.

 

                                                         Axborot xizmati