21/10/2025

2025- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimiz bo‘yicha 215 ta yangi oilaviy korxona tashkil etildi.

Iqtisodiy sohalar kesimida eng ko‘p yangi oilaviy korxona savdo (66 ta), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar (64 ta) hamda sanoat (41 ta) sohalari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar kesimida eng ko‘p shu turdagi korxonalar Urganch shahri  (34 ta), Shovot tumani (27 ta), Xiva shahri (26 ta) va Urganch tumanida (21 ta) tashkil etilgan.

 

 Axborot xizmati