06/07/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning  yanvar-may oylari holatiga viloyatda umumiy hajmi 132,0 mlrd.so‘mlik ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari amalga oshirilgan va ularning jami  bajarilgan qurilish ishlari hajmidagi ulushi 10,5 % ga teng bo‘lgan.

  ✅  Taqqoslash uchun: 2020- yilning yanvar-may oylari holatiga viloyatda 75,8 mlrd.so‘mlik ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari bajarilib, umumiy qurilishdagi ulushi 7,9 % ni tashkil qilgan.

     ? Hududlar bo‘yicha eng ko‘p ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari Urganch shahri (41,1 mlrd.so‘m), Xonqa tumani (29,3 mlrd.so‘m), Urganch tumani (10,2 mlrd.so‘m) hamda Bog‘ot tumanida (10,1 mlrd.so‘m) amalga oshirilgan.

         

                                                                Axborot xizmati