06/07/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning  yanvar-may oylarida  viloyatning Turkiya bilan tashqi savdo aylanmasi 24,0 mln. AQSh dollarini tashkil qilgan, shundan eksport hajmi – 11,4 mln. dollarga, import hajmi – 12,6 mln.dollarga teng bo‘lgan.

   ✅  Viloyatning jami eksport hajmida Turkiyaning ulushi 13,5 % ga teng bo‘lib, eksport qilingan tovar (xizmat) lar hajmi 2020- yilning shu davriga nisbatan 63,6 % ga yoki 4,5 mln.dollarga ko‘paygan.

? Eksport  qilingan mahsulotlar  hajmi:

  • Sanoat mahsulotlari – 9,9 mln. AQSh dollari,
  • Nooziq-ovqat xom-ashyo – 1,1 mln.,
  • Oziq-ovqat mahsulotlari – 0,3 mln.,
  • Turli xil tayyor buyumlar – 0,1 mln.

                                                                    Axborot xizmati