Viloyat hokimi Farhod Ermanov YAponiyaning Terao Litech kompaniyasi raisi SHinobu Terao boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini qabul qildi.
Muloqot chog‘ida lokal kanalizatsiya tarmoqlarini barpo etish, oqova suvlarni qayta ishlovchi qurilmalardan infratuzilma obyektlari, aholi turar joylarida keng foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Kompaniya oqova suvlarni qayta ishlovchi 2 ta qurilmani Xorazmdagi ijtimoiy soha obyektlariga o‘rnatishni rejalashtirgan. Ularning kafolat muddati 50 yil bo‘lib, qayta ishlangan oqova suvlardan qishloq xo‘jaligida, xususan baliqchilik tarmog‘ida foydalanish mumkin.
Terao Litech 1966 yilda tashkil etilgan bo‘lib, quyosh elektrostansiyalari, magistral gazoprovodlar, maishiy va sanoat oqova suvlarini qayta ishlash bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirmoqda.