O‘zbekiston Respublikasi hukumatining tegishli qarori bilan 2023- yilda aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish belgilangan.Ushbu tadbir aholi sonini ishonchli hisoblash bo‘yicha rasmiy statistika tizimida asosiy ahamiyatga ega ekanligi e’tiborga olinib, unga bugundanoq puxta va keng qamrovli tayyorgarlik ko‘rish muhim masala hisoblanadi.
Shu kunlarda viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan idora, tashkilot va muassasalarda aholini ro‘yxatga olish tadbirining targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday uchrashuv joriy yilning 2- iyul kuni Xonqa tumanidagi 6-son MTT hamda “ Vatanparvar” mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari ishtirokida tashkil etildi. Tuman statistika bo‘limi bosh mutaxassisi M.Masharipova mazkur tadbirlarda aholini ro‘yxatga olishning mohiyati va ahamiyati xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Shu bilan birgalikda uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha keng ma’lumotlar berib o‘tildi.
Axborot xizmati