Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-may oylarida viloyatda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarining tarkibida nooziq-ovqat tovarlarining ulushi 74,5 % ni, umumiy hajmi esa 1 961,9 mlrd.so‘mni tashkil qilgan. Hisobot davrida nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 1,9 % ga ko‘paygan.
Mahsulot ishlab chiqarishda eng yirik hajm viloyatning Tuproqqal’a tumani (1 600,9 mlrd.so‘m) hamda Urganch shahri (135,4 mlrd.so‘m) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2020- yilning mos davriga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’ati Yangiariq tumani (125,1 %), Xiva tumani (123,6 %) hamda Urganch shahrida (122,7 %) kuzatilgan.