01/07/2021

30 iyun – Yoshlar kuni. Yangi O‘zbekistonda kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lmish yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash maqsadida e’lon qilingan bayram.

 Bundan roppa-rosa to‘rt yil muqaddam 30- iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoev yoshlar harakati qurultoyida qatnashib, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgan kun – 30-  iyun sanasini mamlakatimizda Yoshlar kuni, deb e’lon qilishni taklif etgan edi.

 Yoshlar kuni munosabati bilan joriy yilda Toshkent Botanika bog‘ida «Uchinchi Renessans bunyodkorlari» shiori ostida O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumi tashkil etildi.

Kecha, 30- iyun kuni Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev forum ishida qatnashish uchun Botanika bog‘iga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari dastlab bog‘da tashkil etilgan intellektual va ijodiy hududlar faoliyati bilan tanishdi. Bu erda o‘z ishlanma va g‘oyalarini namoyish etayotgan iqtidorli talaba-yoshlar bilan suhbatlashdi.