Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjaev viloyatdagi mahalliy hokimiyat va davlat organlari axborot xizmatlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirda axborot xizmatlari uchun yaratilgan sharoitlar, matbuot kotiblarining ish faoliyati samaradorligi tahlil qilindi, OAV va blogerlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan tanqidiy maqolalar, feyk axborotlar bo‘yicha o‘z vaqtida munosabat bildirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, axborot resurslaridan samarali foydalanish, soha xodimlarining malakasini oshirish va ish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar bildirildi.