Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyun holatiga viloyatda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27,8 % ga oshgan va 308 taga etgan. Shundan 290 tasi kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.
Hisobot davrida ushbu korxona va tashkilotlar tomonidan umumiy hajmi 164,7 mlrd.so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, jami xizmatlar hajmida 5,1 % ulushga ega bo‘lgan. 2020- yilning 1- iyun holati bilan taqqoslanganda ushbu xizmat turining hajmi 20,4 % ga oshgan.
Axborot xizmati