Shu kunlarda viloyatimizning Xonqa tumanida uy xo‘jaliklarining holati, ayollarning reproduktiv salomatligi va bolalarning jismoniy rivojlanishi hamda ijtimoiy ahvolini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan multiindikator klaster (MICS) kuzatuvlari o‘tkazilmoqda. Mazkur tanlanma kuzatuv jarayonlari bugundan tumandagi “Durgadik” mahalla fuqarolar yig‘inida boshlandi.
Ma’lumot o‘rnida: Xonqa tumanida 44 ta mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyat olib bormoqda, shundan o‘rganish dislokatsiyasiga tushgan 5 ta mahalla fuqarolar yig‘inida multiindikator klaster kuzatuvlari o‘tkazilmoqda.
Axborot xizmati