30/06/2021

 Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra,  2021-  yilning  yanvar-may oylarida viloyatda ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy  hajmi  3 2239,5 mlrd.so‘mni tashkil qilgan. 2020 yilning mos davri bilan solishtirilganda  hajmning 24,8 %  ga o‘sishi kuzatilgan.

Jami bozor xizmatlari tarkibida hududlarning ulushi:

  • Urganch shahri – 37,8 %,
  • Urganch tumani – 9,0%,
  • Hazorasp tumani – 7,0 %,
  • Xonqa tumani – 6,2 %,
  • Bog‘ot tumani – 5,2 %,
  • Gurlan tumani – 5,2 %,
  • Shovot tumani – 5,2 %,
  • Xiva tumani – 5,1 %,
  • Qo‘shko‘pir tumani – 5,0 %,
  • Xiva shahri – 4,4 %,
  • Yangiariq tumani – 4,3 %,
  • Yangibozor tumani – 3,8 %,
  • Tuproqqal’a tumani – 1,8 %.

 Ma’lumot uchun: hisobot davrida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlarning tarkibida  eng yuqori ulush savdo (26,1 %), transport (22,8 %) hamda moliyaviy (20,1 %) xizmatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

                                                               Axborot xizmati