Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-may oylarida viloyatdan xorijga 44,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan sanoat tovarlari eksport qilingan.
Mahsulot eksport hajmining o‘sish sur’ati 2020- yilning shu davriga nisbatan 182,2 % ni, jami eksportdagi ulushi 52,9 % ni tashkil qilgan.
Shundan: ?
- Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlariga – 22,6 mln. AQSh dollarlik (o‘sish sur’ati 149,9 %),
- Boshqa xorijiy davlatlarga – 21,9 mln. AQSh dollarlik ( o‘sish sur’ati 2,3 marta) mahsulot eksport qilingan.
Axborot xizmati