30/06/2021

O‘zbekiston Respublikasi hukumatining tegishli qarori bilan 2023- yilda aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish belgilangan.Ushbu tadbir aholi sonini ishonchli hisoblash bo‘yicha rasmiy statistika tizimida asosiy ahamiyatga ega ekanligi  e’tiborga olinib, unga bugundanoq puxta va keng qamrovli tayyorgarlik ko‘rish muhim masala hisoblanadi.

 

Shu kunlarda viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan idora, tashkilot va muassasalarda aholini ro‘yxatga olish tadbirining targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday uchrashuv joriy yilning 29- iyun kuni  Qo‘shko‘pir tumanida ijtimoiy sohada faoliyat olib borayotgan  muassasalarning mas’ullari ishtirokida  tashkil etildi. Tuman statistika bo‘limi boshlig‘i D. Ortiqov seminar shaklida o‘tkazilgan mazkur tadbirda aholini ro‘yxatga olishning  mohiyati va ahamiyati xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

   Shu bilan birgalikda uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-  yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023-  yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha keng ma’lumotlar berib o‘tildi.

 

                                                                                Axborot xizmati