Ma’lumki, 2026- yil 15- yanvardan 28- fevralga qadar respublikamizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkaziladi va ushbu tadbirga hududlardagi “mahalla yettiligi” xodimlari jalb etiladi.
Joriy yilning 14-16- oktabr kunlari Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan barcha viloyatlarning statistika boshqarmalari xodimlari uchun seminarlar tashkil etilmoqda. Seminar davomida statistika idoralari xodimlari aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish dasturi, ya’ni savolnomalar shakllari, ularning mazmunini chuqur o‘rganib bormoqdalar.
Bugun Xorazm viloyati statistika boshqarmasining xodimlari o‘quv seminari davomida egallagan ko‘nikmalarini Urganch tumanidagi “Bo‘ston“ mahalla fuqarolar yig‘inida sinovdan o‘tkazishdi. Bunda bevosita uy xo‘jaliklarida respondentlar, ya’ni aholi bilan so‘rovnoma o‘tkazilib, nazariy bilimlar mustahkamlandi.
Yaqin kunlarda statistika idoralari xodimlari tomonidan viloyatdagi 509 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida reja asosida “mahalla yettiligi”ni o‘qitish ishlari tashkil etiladi.
Axborot xizmati