29/06/2021

Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov  shu yilning 28 iyun kuni Xitoyning XCMG korporatsiyasi bosh menejeri Xanson Liu bilan uchrashdi. 

Ushbu korporatsiya ekskavatorlar ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoyda birinchi, dunyoda uchinchi o‘rinda turadi.

2014- yilda Urganch shahrida UzXCMG O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi ochilgan bo‘lib, hozirgi kunda 13 turdagi ekskavator, 10 turdagi qurilish va avtomobil yo‘llarini ta’mirlovchi texnika vositalari ishlab chiqarilmoqda.

2020- yilda XCMG korporatsiyasi tomonidan qiymati 5,5 million dollarlik yig‘uv liniyasi va uskunalar keltirildi.

Xitoylik hamkorlar bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.