29/06/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra,  joriy yilning  yanvar-may oylarida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 448 tani tashkil qilgan va ularning soni 2020- yilning shu davriga nisbatan 14,6 % ga oshgan.

     Sohadagi korxona va tashkilotlar umumiy sonining tarkibi:

  • oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar etkazuvchi korxona va tashkilotlar – 1 228 ta,
  • yashash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlar – 227 ta.

  Viloyatda hisobot davrida jami   72,0 mlrd.  so‘mlik  yashash va ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, 2020 - yilning mos davriga nisbatan  sohada 13,7 % o‘sish kuzatilgan.

Axborot xizmati