Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-may oylarida viloyatda amalga oshirilgan qurilish ishlarining 75,2 % ni yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish, texnik qayta qurollantirish ishlari tashkil qilib, ularning hajmi 940,6 mlrd.so‘mga teng bo‘lgan.
Hisobot davrida viloyatda yangi qurilish ishlarida eng yirik hajm - 544,5 mlrd. so‘m kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Hududlar kesimida 2020- yilning mos davriga nisbatan mazkur qurilishlarning eng yuqori o‘sish sur’ati Tuproqqal’a tumani (112,3 %), Hazorasp tumani (111,8 %) va Xonqa tumanida (107,8 %), eng yirik hajmi Urganch shahrida (257,9 mlrd.so‘m) kuzatilgan.
Axborot xizmati