29/06/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra,  2021- yilning  yanvar-may oylarida   viloyat xorijga qiymati 22,1 mln. AQSh dollari bo‘lgan 40,0 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan. Jami eksport hajmida meva-sabzavotlarning ulushi 26,3 % ni tashkil etgan.

 Meva va sabzavot mahsulotlari eksporti tarkibi:

  • sabzavot – 34,5 ming tonna (16,0 mln. AQSh dollari),
  • meva va rezavorlar – 5,5 ming tonna (6,1 mln. AQSh dollari).

 Ma’lumot uchun: Viloyatda etishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozori Qirg‘iz Respublikasi (39,2 %), Qozog‘iston (19,0 %), Rossiya Federatsiyasi (15,7 %) va Turkmaniston (7,5 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

                                                                                Axborot xizmati