28/06/2021

Mamlakatimizda  shu yilning 5- aprelidan boshlangan multiindikator klaster (MICS) kuzatuvlari hududlarda  uy xo‘jaliklarining holati, ayollarning reproduktiv salomatligi va bolalarning  jismoniy rivojlanishi hamda ijtimoiy ahvolini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan.

Tanlanma kuzatuv asosida o‘tkazilayotgan mazkur o‘rganish natijasida  mamlakatimizda aholining turmush tarzi va sharoiti haqidagi ma’lumotlar bazasi yaratiladi va keyinchalik istiqbolli loyihalarni ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Bugun, 28- iyun kuni kuzatuv ishlari Xonqa tumanidagi  “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inida boshlandi va mutaxassislar tomonidan  so‘rovnoma asosidagi o‘rganishlar olib borilmoqda.

 

              Axborot xizmati