Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-may oylarida viloyatda 2 634,8 mlrd.so‘mlik xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan. 2020 yilning shu davri bilan solishtirilganda ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 105,1 % ni, jami sanoat mahsulotlari hajmidagi ulushi 59,8 % ni tashkil qilgan.
Ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari hajmining tarkibi:
Oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar – 672,9 mlrd.so‘m (o‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur’ati 116,8 %),
Nooziq-ovqat mahsulotlari – 1 961,9 mlrd.so‘m (101,9 %).
Axborot xizmati