24/06/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra,  2021- yilning  yanvar-may oylarida  viloyatda davlat mulkchiligidagi qurilish tashkilotlari tomonidan hajmi 73,5 mlrd.so‘mlik, nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan - 1 177,7 mlrd.so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

    ? Iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha qurilish ishlari hajmining tarkibi:

  • Bino va inshootlar qurilishi – 860,3 mlrd.so‘m ( jami hajmdagi ulushi 68,8 %),
  • Fuqarolik ob’ektlari qurilishi – 258,9 mlrd.so‘m (20,7 %),
  • Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 132,0 mlrd.so‘m (10,5 %).

✅   Ma’lumot uchun: hisobot davrida yangi qurilish, rekonstruksiya ishlari hajmi 940,6 mlrd.so‘mni tashkil qilgan.

 

                                                                           Axborot xizmati