21/08/2026

Joriy yilning 21-avgust kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida hududiy statistika hamda tarmoq boʻlimlarning boshliqlari ishtirokida yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyatini tushuntirish boʻyicha oʻquv seminari tashkil etildi.

Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov xodimlarni “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlarini mustahkamlashga hamda tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2026-yil 17-avgustda qabul qilinagn OʻRQ-1168-son Qonuni bilan tanishtirib oʻtdi.

Seminar davomida ushbu qonunning tadbirkorlik subyektlari uchun qoʻshimcha kafolatlarni belgilash, ularni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan mexanizmlarni yanada takomillashtirishga qaratilganligiga alohida urgʻu berilib, bu boʻyicha kutilayotgan iqtisodiy  yengilliklar xususida maʼlumotlar berildi.

 

Axborot xizmati