24/06/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra,  joriy yilning yanvar-may oylarida viloyatning 11 ta hududida (Urganch va Xiva tumanlaridan tashqari) joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi.

     ✅   Kuzatuv natijalariga ko‘ra, savdo aylanmasi hajmi  276,4 mlrd.so‘mni tashkil etgan.

 Bunda asosiy yirik hajm yangi uzilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosiga (109,8 mlrd.so‘m) to‘g‘ri kelgan.

       ? Uyushmagan savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajmga ega mahsulotlar:

  • yangi uzilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari – 109,8 mlrd.so‘m,
  • don mahsulotlari (guruch, mosh, loviya, no‘xat va boshqalar) – 46,4 mlrd.so‘m,
  • non va non mahsulotlari – 41,5 mlrd.so‘m,
  • tuxum - 24,0 mlrd.so‘m,
  • tovuq go‘shti – 21,8 mlrd.so‘m,
  • chorva mollari va parrandalar uchun har xil em-hashaklar – 12,3 mlrd.so‘m.                      

                                                                      Axborot xizmati