Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatda joriy yilning yanvar-may oylarida 1 251,2 mlrd.so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, 2020- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,2 % ni tashkil qilgan.
Shundan davlat mulkchiligidagi qurilish tashkilotlarining ulushi 5,9 % ga, nodavlat tashkilotlarining ulushi 94,1 % ga teng bo‘lgan.
Qurilish ishlarining hajmiga ko‘ra tarkibi:
- Kichik korxona va mikrofirmalar – 64,5 %,
- Norasmiy sektor- 28,6 %,
- Yirik qurilish tashkilotlari – 6,9 %.
Axborot xizmati