21/06/2021

Joriy yilning 18- iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida ijro intizomi va jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Boshqarmaning  Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati bo‘limi boshlig‘i A.Rajapov xodimlarni O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2021-  yil 31- mayda qabul qilingan “ Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona electron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-5132-sonli qarorida belgilangan topshiriqlarni  bajarish yuzasidan tushuntirish va  tavsiyalar berildi.

Shuningdek yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan PF-6166- sonli Farmonning ijrosini ta’minlash bo ‘yicha tarmoq va hududiy bo‘lim boshliqlariga    tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

                                                             Axborot xizmati