18/06/2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son Qarori tasdiqlandi. Ushbu qarorda   dolzarb vazifalar qatorida mehnat statistikasini samarali tashkil qilishga doir chora-tadbirlar belgilangan edi.

Qarorda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash  maqsadida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida o‘quv-amaliy seminarlari tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 17- iyun kuni o‘quv seminari  viloyatning Urganch tumanida, bugun, 18- iyun kuni  Xiva shahri va Xiva tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan ijtimoiy soha tashkilotlarining mehnat hisobotlarini topshirishga mas’ul xodimlari uchun tashkil etildi.

 Amaliy seminarlar boshqarmaning Demografiya va mehnat hamda Ijtimoiy soha statistikasi bo‘limlari mutaxassislari tomonidan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan holda o‘tkazilmoqda. Xususan, mutaxassislar 4-Mehnat choraklik davlat statistika hisoboti ni eStat4.0 onlayn tizimi orqali taqdim etish mexanizmlari , tartibi va afzalliklari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berishdi. Shuningdek, seminarda hisobot topshirishning bu usuli tizimda har qanday korrupsiya bilan bog‘liq salbiy holatlarning oldini olishga xizmat qilishi alohida uqtirildi.