O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan 2021- yilning 1-25- noyabr sanalarida respublikamizning 4 ta hududida : Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish ishlari amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan ro‘yxatga olishga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida joriy yilning aprel oyida Xiva shahrida Aholini ro‘yxatga olish bo‘limi tashkil etildi. Ushbu bo‘lim mutaxassislari tomonidan shu kungacha ro‘yxatga olish jarayonlarini jamoatchilikning keng qatlamlari o‘rtasida targ‘ib qilish bilan bog‘liq tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, 17 -iyun kuni bo‘lim xodimlari shahardagi “Yangi hayot” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari va shahar aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘limi xodimlariga aholini ro‘yxatga olishning mohiyati va ahamiyati xususida tushuntirish ishlarini olib bordilar. Shu bilan birgalikda, shahardagi “Shukrona” dehqon bozori radiouzeli orqali tadbirni targ‘ib etuvchi e’lonlar muntazam berib borilmoqda.
Axborot xizmati