Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyun holatiga viloyatda faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 189 taga etgan, shundan 114 tasi qo‘shma korxona, 75 tasi xorijiy korxona hisoblanadi.
Faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning sohalar kesimidagi soni:
- sanoat – 68 ta,
- savdo – 42 ta,
- qurilish – 27 ta,
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 20 ta,
- yashash va ovqatlanish xizmatlari bo‘yicha – 9 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasi –7 ta.
- aloqa va axborotlashtirish sohasi – 2 ta,
- tashish va saqlash xizmatlari sohasi – 1 ta,
- boshqalar – 13 ta.
Axborot xizmati