Avval xabar berilganidek, mamlakatimizda uy xo‘jaliklarining holati, ayollarning reproduktiv salomatligi va bolalarning jismoniy rivojlanishi hamda ijtimoiy ahvolini o‘rganish maqsadida multiindikator klaster (MICS) kuzatuvlari o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 5- aprelidan 31- iyuligacha davom etadigan mazkur tanlanma kuzatuvlarida ishtirok etayotgan Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ishchi guruhi ayni kunlarda o‘z faoliyatini Xiva tumanidagi “Sayot” mahalla fuqarolar yig‘inida olib bormoqda.
Ma’lumot uchun: hozirgi kungacha multiindikator klaster (MICS) kuzatuvlari viloyatning Urganch shahri, Tuproqqal’a, Hazorasp, Gurlan, Shovot, Qo‘shko‘pir, Yangiariq va Bog‘ot tumanlarida o‘tkazildi.
Axborot xizmati