2026- yilning yanvar oyida viloyatimiz avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 3 628 dona “ Damas ” avtomobili ishlab chiqarilgan.
Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan bu koʻrsatkich 31,2 % ga (863 donaga) oshgan.
Soʻnggi 5 yilning yanvar oyida ishlab chiqarish hajmi dinamikasi:

2022-yilda – 3 652 dona
2023-yilda – 3 287 dona
2024-yilda – 3 865 dona
2025-yilda – 2 765 dona
2026-yilda – 3 628 dona.
Axborot xizmati



