Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri rejali va qamrovli tayyorgarlikni talab etadi. Buning asosiy mezonlaridan biri tadbirni o‘tkazuvchi mahalla xodimlarini puxta tayyorgarlikdan o‘tkazishdan iborat. Shu sababli ayni kunlarda viloyatimizdagi tuman va shaharlarda mavjud mahalla fuqarolar yig‘inlarining bank xodimlari uchun ro‘yxatga olish jarayonlarini aniq va samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy seminarlar o‘tkazilmoqda.
Seminar davomida hududiy statistika bo‘limlari tomonidan boshliqlari ro‘yxatga olishning asosiy mexanizmlari, savolnoma dasturi bo‘yicha uy xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligiga oid ma’lumotlarni to‘g‘ri qayd etish, axborot tizimidan foydalanish, xonadonlar geolokatsiyasini to‘g‘ri belgilash kabi muhim parametrlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.





Axborot xizmati



