06/09/2024

Shu yilning 6- sentabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Huquqiy targ‘ibot” tadbiri doirasida mamlakatimizda qabul qilingan yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov xodimlarni “O‘zbekiston Respublikasining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi (2024- yil 29- avgustdagi O‘RQ-950 -sonli) Qonunning asosiy mazmun va mohiyati bilan tanishtirib, zarur tushuntirishlar berib o‘tdi.

Xususan, ushbu qonunning qabul qilinishi bilan bir qator mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar xususiy mulkning va mulkdorlar huquqining himoya qilinishi kafolatlarini kuchaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

 Axborot xizmati