Statistika sohasidagi yangiliklar, xususan, qabul qilinayotgan yangi normativ hujjatlarning mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishda huquqiy targ‘ibot ishlari katta ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan idora va tashkilotlar hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarida har haftada huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda.
2024- yilning 5- sentabr kuni Viloyat teri-tanosil kasalliklari shifoxonasida Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda 2024- yilning 4- martida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-sonli Prezident qarori mazmun va mohiyati, tizimga kiritilayotgan o‘zgarish va yangiliklar xususida ma’lumotlar berildi.
Axborot xizmati