05/09/2024

2024- yilning yanvar-iyul oylarida jami 21,7 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga borgan.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida oʻqish maqsadida chet elga ketgan Oʻzbekiston fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:

Tojikiston — 10 497 nafar;

Rossiya — 3 891 nafar;

Qirgʻiz Respublikasi — 2 211 nafar;

Turkiya — 1 240 nafar;

Janubiy Koreya — 1 063 nafar;

Qozogʻiston — 874 nafar;

Buyuk Britaniya — 423 nafar;

Xitoy — 337 nafar;

Germaniya — 209 nafar;

AQSH — 192 nafar;

boshqa davlatlar — 720 nafar.

 Matbuot xizmati