05/09/2024

2024- yilning yanvar-iyul oylarida  viloyatimizdagi dehqon bozorlarida o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotuvchi jismoniy shaxslarning kuzatuvi natijalariga ko‘ra, savdo aylanmasi hajmi 707,8 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Bunda asosiy yirik hajm yangi uzilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari savdosiga to‘g‘ri kelgan va 310,1 mlrd so‘mni (ulushi 43,8 %ni) tashkil qilgan.

Shuningdek, yuqori ulush nooziq-ovqat mahsulotlari (11,3 %), don mahsulotlari (11,0 %), non va non mahsulotlari (9,3 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 Axborot xizmati