30/08/2024

2024- yilning  yanvar-iyul oylarida Tuproqqal’a tumanida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 162,9 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 9,0 %ga oshgan.

Chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eng yuqori ulushi ushbu hududda (99,8 %) kuzatilgan.

2023- yilning yanvar-iyuliga nisbatan viloyat bo‘yicha yirik korxonalar savdo hajmining eng yuqori o‘sishi ham Tuproqqal’a tumanida qayd etilgan va 43,0 %ni tashkil etgan.

Axborot xizmati