Joriy yilning 30- avgust kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va unga qarshi kurashishga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi (PQ- 228- soni, 2024- yil 21- iyunda qabul qilingan) Prezident qarori va undan kelib chiqadigan vazifalar xususida so‘z yuritildi.
Xususan, aholi va davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularga “halollik vaksinasi”ni singdirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish tizimini zamonaviy bosqichga olib chiqish ushbu qarorning asosiy mohiyatini tashkil etishi yig‘ilishda alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov xodimlarni avgust oyida mamlakatimizda qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmuni bilan tanishtirildi.
Axborot xizmati