29/08/2024

2024- yilning yanvar-iyul oylarida  Yangiariq tumanida 447 ta yangi kichik biznes subyekti tashkil etilgan  bo‘lib, ularning faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soniga nisbati 28,7 %ni tashkil etdi.

Faoliyat yo‘nalishlari kesimida eng ko‘p yangi kichik biznes subyekti  savdoda (174 ta) tashkil  etildi.

Yangi tashkil etilgan kichik  biznes subyektlarining iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra tarkibi:

savdoda – 174 ta

sanoatda – 94 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 94 ta

yashash va ovqatlanish xizmatlarida – 25 ta  

axborot va aloqa sohasida – 19 ta

qurilishda – 10 ta

tashish  va saqlash xizmatlarida – 6 ta   

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda – 3 ta

boshqa turlarda – 22 ta.


Axborot xizmati