Viloyatimizning barcha tumanlaridan tanlab olingan mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida kuzatuvlar oʻtkazilmoqda. Unda viloyat statistika boshqarmasi mas’ullari va hududiy bo‘limlarning mutahassislari ishtirok etishmoqda.
Mazkur kuzatuv dehqon va tomorqa xoʻjaliklarining asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilgan maydonlari oʻlchamlari, chorva mollari va parrandalar bosh soni, yetishtirilgan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish uchun tashkil etilgan. Kuzatuvlar soʻrovnoma asosida, planshet qurilmalaridan foydalangan holda CAPI (Computer Assisted Personal Interviewing) texnologiyasi asosida amalga oshirilmoqda.
Axborot xizmati