15/08/2024

Viloyatimizning barcha hududlarida reja asosida oziq va nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining kuzatuvlari tashkil etilmoqda.

Bugun, 15- avgust kuni viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U. Bardiyev Xiva shahrida iste’mol narxlari indeksi (INI) kuzatuvini o‘tkazdi.

Har oyda olib boriladigan mazkur kuzatuv nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘zgarishini qiyosiy o‘rganishga qaratilgan.

Kuzatuv davomida dislokatsiyasiga tushgan savdo nuqtalarida mutaxassislar tomonidan iste’mol mahsulotlari narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi o‘rganildi.

Axborot xizmati