2024- yilning yanvar-iyun oylarida Xiva tumanida 368,3 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning shu davriga nisbatan 110,3 %ni tashkil etgan.
Xizmatlar tarkibida eng yuqori ulush transport xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 28,0 %ni yoki 103,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Shuningdek, yuqori ulush savdo (25,1 %) va moliyaviy (17,7 %) xizmatlarda qayd etilgan.
Axborot xizmati