19/06/2024

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida 2024- yilning 19- iyun kuni Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi xodimlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev ishtirok etib, uy xo‘jaliklari kuzatuvlarini olib borishda asosiy e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan jihatlar, oldingi kuzatuvlar natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari yuzasidan alohida tushuntirish berib o‘tdi. Uy xo‘jaliklari kuzatuvi natijasida shakllantirilgan ma’lumotlar ijtimoiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va aholi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda asosiy omil bo‘lib hisoblanadi.

Axborot xizmati