Viloyatimizning ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 2024- yilning yanvar-aprel oylarida 1 857,0 mlrd so‘mni tashkil etdi.
O‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda savdo hajmi 3,5 %ga oshgan.
Hududlar kesimida ulgurji savdoning eng yuqori hajmi Urganch shahri (1 018,0 mlrd so‘m), Urganch tumani (305,0 mlrd so‘m) va Xiva tumani (130,3 mlrd so‘m) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Yuqori o‘sish sur’ati esa Hazorasp tumani (148,5 %) va Xiva shahrida (124,9 %) kuzatilgan.
Axborot xizmati