Joriy yilning 1- choragida Xiva tumani sanoatida 82,4 mlrd so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich ishlab chiqaradigan sanoat umumiy hajmining 72,1 %ini tashkil etgan.
Tumanda 2024- yilning yanvar-mart oylarida 114,3 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, shundan 103,4 mlrd so‘mi (90,5 %i) ishlab chiqaradigan (qayta ishlaydigan) sanoat hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati