Xorazm viloyatida 2024–yilning yanvar–mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 3386,5 tonna (2023–yilning yanvar–martiga nisbatan 26,8 %ga ko‘p) baliq ovlandi.
Hududlar kesimida ovlangan baliq hajmi (tonnada):
Yangiariq tumanida – 911,1
Xiva tumanida – 800,8
Qo‘shko‘pir tumanida - 423,5
Hazorasp tumanida – 303,0
Bog‘ot tumanida – 297,6
Xonqa tumanida – 160,8
Gurlan tumanida – 137,0
Shovot tumanida – 113,8
Urganch tumanida – 91,5
Tuproqqal’a tumanida – 88,2
Yangibozor tumanida – 58,2
Xiva shahrida – 0,5
Urganch shahrida – 0,5 tonna.
Axborot xizmati